Sankt-Peterburg metrosidagi teraktning ehtimoliy ijrochisi surati e’lon qilindi. Videokuzatuv kamerasi tomonidan olingan surat “Fontanka” nashri tomonidan e’lon qilingan.
“REN” telekanali ham videokuzatuv kamerasi kadrini e’lon qilgan bo‘lib, unda, telekanalning qayd etishicha, Peterburg metrosidagi terakt ijrochisi tasvirlangan.
Avvalroq “Interfaks” agentligi tergovga yaqin manbalarga asoslanib, ehtimoliy terrorchi videokuzatuv kameralari nazariga tushgani haqida xabar bergan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shikastlovchi elementlar bilan to‘ldirilgan portlovchi uskuna “ko‘k” liniya bo‘ylab harakatlanayotgan poyezdlardan birining vagonida, portfel ichida qoldirilgan. Portlash “Sennaya ploshchad” va “Texnologicheskiy institut” bekatlari oralig‘ida yuz bergan.
Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasining xabar berishicha, “Ploshchad Vosstaniya” bekatida yana bir portlovchi uskuna topilgan. Bomba zararsizlantirilgan, deya xabar bermoqda Meduza.
СРОЧНО. В сети появились ФОТО обезвреженной бомбы на станции метро "Площадь Восстания pic.twitter.com/zLx4ooBmsr
— Пятый канал Новости (@5tv) April 3, 2017
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, kamida 47 kishi jabrlangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)