Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan terakt qurbonlari soniga aniqlik kiritdi.
“Gazeta.ru”ning vazirga asoslanib xabar berishicha, portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 47 kishi tan jarohati olgan.
Hodisadan so‘ng kasalxonaga yotqizilgan jabrlanuvchilardan olti nafarining ahvoli juda og‘ir.
Avvalroq Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi Sankt-Peterburg metrosidagi portlash oqibatiba 9 kishi halok bo‘lgani, 20 dan ortiq odam jarohatlanganini ma’lum qilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)