Amerikaning Pensilvaniya shtati, Pittsburg shahrida tug‘ilgan kun nishonlanayotgan oqshomda ro‘y bergan otishma oqibatida besh kishi jarohatlandi. Bu haqida East Bay Times nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar qildi.
Mahalliy politsiya vakilining ma’lum qilishicha, shanba kuni kechasi shahardagi uylardan birida otishma bo‘layotgani haqida politsiyaga xabar kelib tushgan va ular chora tariqasida voqea joyiga yetib borgan. Besh kishi shifoxonaga yotqizilgan, jarohat olganlarning ahvoli hozirga kelib barqarorlashgan.
Politsiya yetib kelguniga qadar tug‘ilgan kun ishtirokchilari tomonidan ushlab turilgan gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Xabarda ta’kidlanishicha, bir guruh odamlardan oqshomni tark etish so‘ralgach nizo kelib chiqqan. Oqibatda chaqirilmagan mehmon qurol bilan boshqalarga o‘t ochgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)