Nukusda “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarida iqlim barqarorligini ta’minlash” mavzusida seminar o‘tkazildi.Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
BMT Taraqqiyot dasturi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining “O‘zbekistonning qurg‘oqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda tegishli vazirlik, ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari, olimlar, fermer xo‘jaliklari, NNT va OAV vakillari ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Chimboy, Kegeyli va Qanliko‘l tumanlarida olib borilayotgan mazkur loyihaga ko‘ra, dorivor o‘simliklar yetishtirishni rivojlantirish, Quyi Amudaryo mintaqasida qurg‘oqchilikning oldini olish, bu haqda aholini oldindan xabardor qilish tizimi yaratildi.
Seminarda iqlim o‘zgarishiga bog‘liq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish barqarorligini ta’minlash, chorva mollari uchun yaylovlarni kengaytirish, tuproqni degradatsiyadan muhofaza qilish, namlikni saqlash, Orol dengizi tubida ko‘chma qumlarni to‘sish, bu borada aholining faol ishtirokini ta’minlash barobarida yangi ish o‘rinlari tashkil etish haqida fikr almashildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)