Toshkent shahar IIBB tomonidan xabar berilishicha, 26-mart tungi soat 03:35 da Sergeli tumanida yashovchi 1964-yilda tug‘ilgan ayol o‘zaro janjal oqibatida mast holda 1982-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirib qo‘ygan.
Ayol spirtli ichimlik ta’sirida o‘g‘lining ko‘krak qafasiga pichoq bilan zarba bergan. Natijada erkak voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Sergeli tuman prokraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)