KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi — Kim Chon Nam jasadi qarindoshlarini talabiga ko‘ra Shimoliy Koreya tomoniga topshiriladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Malayziya bosh vaziri Najib Razzoqning aytishicha, mamlakatning Pxenyandagi elchixonasi to‘qqiz nafar xodimiga Kim Chon Namning o‘limi sabab kelib chiqqan diplomatik mojaro tufayli KXDRni tark etishga ruxsat berilmayotgan edi, endilikda ular bemalol Malayziyaga qaytishi mumkin.
Javob tariqasida Kim Chon Namning o‘limida gumonlanayotgan ikki nafar KXDR fuqarosiga Malayziya poytaxtini tark etishga ruxsat berildi.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen Inning o‘gay akasi 14-fevral kuni o‘ldirilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, uning o‘limiga asabni falajlovchi kuchli zahar sabab bo‘lgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)