Yaman prezidenti Abd-Rabbu Mansur Hodiy Eronni mintaqada terrorizmni ochiq qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi. Yaman yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Tehron “mintaqadagi terroristik tashkilotlarni boqmoqda”, deb xabar beradi “TASS”.
“Isyonchi xusiylar bo‘linmasi Eron ko‘magida Yamanda amaldagi vaziyatini o‘zgartirishga harakat qilmoqda, mamlakat rahbarlari esa bunga yo‘l qo‘ya olmaydi”, — deb ta’kidladi Mansur Hodiy, Iordaniyada bo‘lib o‘tayotgan arab davlatlar ligasi sammiti doirasidagi chiqishida.
Mansur Hodiyning aytishicha, “ayni vaqtda Yaman hududining 80 foizdan ortig‘i davlat hukumati nazorati ostida”.
Shu bilan birga Yaman hukumati jangovar harakatlar oqibatida mamlakatdagi yuz bergan vayronagarchiliklarni barataraf etishda arab davlatlarining yordamiga juda muhtoj ekanligini ta’kidladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)