O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili, MDHga a’zo davlatlar Gumanitar hamkorlik davlatlararo jamg‘armasi (GHDJ) boshqaruvi hamraisi Mixail Shvidkoyni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida madaniy—gumanitar sohada ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida izchil rivojlanayotgan aloqalarning muhim qismi sifatida muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Rossiyadagi Pushkin nomli davlat tasviriy san’at muzeyida O‘zbekiston Milliy muzeyi jamg‘armasining rassomlik va grafika asarlari, arxeologiya topilmalari, amaliy san’at ishlari taqdim etiluvchi bo‘lajak “Sharq xazinasi” nomli ko‘rgazma O‘zbekiston—Rossiya munosabatlari hamda Moskva madaniy hayotida muhim voqeaga aylanadi.
Suhbat davomida o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev, GHDJ ijrochi direktori Anatoliy Iksanov ishtirok etdi.
Izoh (0)