Shu hafta Janubiy Koreya bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, ta’lim vaziri Li Chjun Sik o‘zining Markaziy Osiyoga ikki tomonlama safari doirasida O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda ”1news.uz”.
Tashrif Janubiy Koreya va mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligini, etnik koreyslar ko‘chib borib o‘rnashganining 80 yilligini nishonlash maqsadida tashkil qilingan.
Li Chjun Sikning safari to‘rt kun davom etishi kutilmoqda. U ikki mamlakat oliy mansabdorlari bilan muzokaralar o‘tkazib, strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlashni muhokama qiladi. U, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘istonda yashaydigan etnik koreyslar guruhlari bilan uchrashadi.
Nashr ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Qozog‘istonda, tegishli ravishda 180 ming va 100 mingga yaqin etnik koreyslar istiqomat qiladi.
Izoh (0)