Ko‘p o‘tmay mevalar va rezavor mevalar mavsumi boshlanadi. Va ularni qish uchun g‘amlashni boshlash vaqti ham keladi. Bu mevalar tarkibidagi hamma vitaminlar saqlanib qolishi uchun ularni to‘g‘ri muzlatish zarur bo‘ladi.
Quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz, butun qish davomida dasturxoningizdan xuddi yangi pishgandek mevalar uzilmaydi.
- Avvalo mevalarni yaxshilab yuving va quriting. Bu juda muhim.
- Agar ularning po‘sti bo‘lsa, yaxshisi tozalaganingiz ma’qul.
- Agar meva yirik bo‘lsa, uni kesish lozim.
- Rezavor meva, meva va sabzavotlar kesilgandan so‘ng ularni yana bir marta quritish kerak. Paxta yoki qog‘oz salfetkalardan foydalaning.
- Patnis yoki tarelkaga pergament qog‘oz to‘shaymiz. Uning ustiga mevalarni joylaymiz va polietilen plyonka bilan yopamiz. Tun bo‘yi muzxonaga qo‘yamiz.
- Ertalab muzlagan mevalarni plastik paketlarga joylashtiramiz. Siz mahkam yopiladigan plastik idishlardan foydalansangiz ham bo‘ladi. Mevalar solingan paketni yopishdan oldin uning ichidagi havosini chiqarib tashlashga harakat qiling.
Izoh (0)