Ko‘pincha ba’zi kiyimlar o‘zining dastlabki holatini tez yo‘qotadi: rangi ucha boshlaydi, cho‘zilib ketadi, mayda teshikchalar paydo bo‘ladi. Bu har doim ham kiyimning sifatiga bog‘liq bo‘lavermaydi. Uni qanday parvarish qilayotganingizga e’tibor bering. Maqolamizda buyumlarning dastlabki ko‘rinishini saqlagan holda umrini uzaytirish yo‘llari aytilgan.
Faqat kir bo‘lgan kiyimlarni yuving
Shuni esda tutingki, yuvishlar soni to‘g‘ridan-to‘g‘ri gazlama holatida o‘z aksini topadi.Birinchi yuvish — eng muhim
Kiyimning qancha xizmat qilishi aynan birinchi yuvishga bog‘liq. Shuning uchun yangi kiyimlarni yuvishdan oldin, ularning yorliqlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan yaxshilab tanishib chiqing.Och rangdagi kiyimlarni alohida yuving
Ba’zan vaqtni tejash maqsadida hamma kiyimlarni birga yuvishga to‘g‘ri keladi. Lekin och rangli kiyimlarni to‘q ranglilardan alohida yuvishni bekorga tavsiya qilishmaydi. Bu matoning dastlabki rangini saqlashda juda muhim ahamiyatga ega.Sovuq suvda yuving
Kiyimlarni to‘g‘ri yuvishda suvning harorati katta ahamiyatga ega. Sovuq suv gazlamaning tuzilishini ehtiyotlab saqlashga va kiyimning yangi va ozoda bo‘lib turishiga yordam beradi.Manba: “Steptohealth.ru”
Izoh (0)