Britaniya parlamentiga yondosh hududda politsiya xodimi pichoq bilan yarador qilindi. Bu haqda parlament quyi palatasi yetakchisi Devid Lidington ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Avvalroq Vestminster ko‘prigi va Britaniya parlamenti oldida favqulodda hodisa yuz bergani, uning oqibatida bir necha kishi jabrlangani haqida xabar berilgan edi.
“Politsiya xodimi parlament hududida pichoq bilan yarador qilingan”, — dedi Lidington. Uning bayonoti mahalliy telekanal tomonidan efirga uzatilgan.
Politsiya va parlamentning xavfsizlik xizmati deputatlarga binoni tark etishni taqiqlab qo‘ygan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)