Isroillik askarlar tomonidan mamlakat hududiga kirishga harakat qilgan G‘azo sektorining bir guruh fuqarosiga qarata o‘t ochilishi tufayli bir falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda The Jerusalem Post nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“22-mart, chorshanba kuni Isroil mudofaa armiyasi mamlakat hududiga Rafah shahri orqali kirishga harakat qilgan bir guruh falastinlikka qarata o‘t ochdi. Buning oqibatida bir falastinlik o‘ldirildi, yana biri jarohatlandi”, — deya ma’lum qildi gazeta.
Armiya hozircha bu xabarni rasman tasdiqlamadi.
Izoh (0)