Suriya qurolli muxolifati vakillari va ularning oila a’zolari hukumat bilan kelishuv doirasida Xoms shahrini tark eta boshladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Dastlabki ikki avtobus mamlakatning isyonchilar nazorati ostidagi shimoliy hududlariga yo‘l olgani bildirilmoqda.
Xoms rasmiylari vakillariga ko‘ra, 18-mart, shanba kuni 400—500 nafar atrofidagi muxolifatchi shaharni tark etishi kutilmoqda.
Yaqin haftalar ichida esa Xomsdan 12 mingdan ortiq kishi olib chiqiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)