Irlandiya bosh vaziri Endi Kenni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv chog‘ida unga muhojirlar masalasida “ma’ruza o‘qidi”. Bu haqda The New York Times nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Donald Trampning muhojirlar masalasidagi qarashlariga tanqidiy munosabat bildirgan bosh vazirning tashrifi Avliyo Patrik kuni arafasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Kenni muhojirlarning AQSh tarixidagi rolini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
“AQSh tarixida katta rol o‘ynashni xohlovchi millionlab kishilar bor, albatta, agar siz Amerikani buyuk qilayotgan kishilarni yaxshi ko‘rsangiz”, — degan Kenni o‘z so‘zida.
Kenni Trampning olti musulmon mamlakat fuqarolariga qo‘ygan taqiqi haqida gapirmagan. U irlandiyalik mansabdorlarni tashvishga solayotgan masalaga alohida e’tibor qaratdi.
Agar Tramp barcha noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuborish haqidagi va’dasini bajarsa, AQShda noqonuniy yashovchi qariyb 50 ming irlandiyalikka deportatsiya xavf soladi.
Ta’kidlanishicha, Vashingtondagi uchrashuv vaqtida Kenni uning tanqidlari shaxsan Trampga emas, balki uning so‘zlariga qaratilganini ta’kidlagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)