Kanada chegarachilari joriy yil 1-yanvaridan 8-martiga qadar 444 nafar meksikalikni qo‘lga oldi. O‘tgan 2016-yil davomida esa bu ko‘rsatkich 410 kishidan oshmagan edi, deya xabar beradi “TASS”.
Statistika hisobotlariga ko‘ra, 2015-yilda Kanada chegarachilari 351 nafar, 2014-yilda esa 399 nafar meksikalikni to‘xtatib qolgan.
2016-yil 1-dekabridan boshlab Kanada rasmiylari Meksika fuqarolariga mamlakatga vizasiz kirishga ruxsat bergan edi.
Mamlakat immigratsiya xizmatining aniqlik kiritishicha, shu vaqtdan boshlab meksikaliklarga viza uchun so‘rov o‘rniga kirishga elektron ruxsat olishi kifoya.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)