Nigeriyadagi “Boko Haram” guruhi yetakchisi shu vaqtgacha garovda saqlab turilgan 5 ming kishi ozod qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi.
17-mart, juma kuni OAVda G‘arbiy Afrika Ittifoqi birlashgan kuchlari “Boko Haram” asirligidagi 5 ming kishini ozod qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“60 nafar jangchimiz o‘ldirilgani, 20 nafar bola va 5 ming nafar garovdagilar ozod qilingani haqidagi yolg‘onlarni bas qiling”, — deyiladi guruh rahbari Abu Bakr Shekauning Kamerun prezidenti Pol Biyaga qaratilgan murojaatida.
Shuningdek, Abu Bakr Shekau o‘tgan haftada Nigeriyaning Mayduguri shahrida terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yuborgani va Magumeri shahriga hujum uchun javobgarlikni guruh zimmasiga olganini tasdiqladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)