Indoneziyaning Sumatra oroli shimolidagi Banda-Achex shahridan 327 kilometr g‘arbda, Bengal ko‘rfazi akvatoriyasida 6,3 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmati Oltoy-Sayan filiali ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
14-mart, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 7:51 da qayd etilgan zilzila epimarkazi 6.20 daraja shimoliy kenglik va 92.43 daraja sharqiy uzunlik koordinatalariga ega bo‘lgan.
Epimarkazdagi tebranishlar shiddati bo‘yicha seysmik hodisa “vayronkor” deb baholandi.
Izoh (0)