Malayziya politsiyasi Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan Kim Chon Namning shaxsini aniqlashda Xitoy tomonidan taqdim etilgan barmoq izlaridan foydalandi. Bu haqda The Star manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Nashrning bildirishicha, Xitoy rasmiylari Interpol orqali marhum shaxsini aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni yetkazdi. Shuningdek, Xitoy politsiyasining 20 nafar xodimi malayziyalik hamkasblariga bu jarayonda ko‘mak berdi.
10-mart kuni Malayziya politsiyasi rahbari Xolid Abu Bakr poytaxt aeroportida o‘ldirilgan shaxs chindan ham KXDR yetakchisining akasi Kim Chon Nam ekanligini tasdiqladi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Subramaniam Satxasivam o‘lim man etilgan VX asab-falaj moddasi ta’sirida yuz berganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)