Suriya qurolli muxolifatining “Janubiy Front” guruhi vakillari Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Ostonadagi xalqaro uchrashuvda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anuar Jaynakov ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“‘Janubiy Front’ muxolifat guruhi delegatsiyasining kelishi kutilmoqda, ushbu ma’lumot hozir aniqlashtirilmoqda”, — dedi Jaynakov.
Avvalroq TIV vakili Suriya bo‘yicha muzokaralarda qatnashish uchun Ostonaga Rossiya, Suriya hukumati delegatsiyasi hamda BMT delegatsiyasi vakili Milosh Strugar yetib kelganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)