Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar provinsiyasida yuz bergan portlash oqibatida kamida uch nafar amerikalik harbiy xizmatchi jarohatlandi, deb yozadi “TASS” “Sinxua” agentligiga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lbola portlovchi uskuna harbiy xizmatchilar o‘tirgan transport vositasi g‘ildiraklari ostida portlab ketgan.
Hodisa haqida boshqa ma’lumot berilmayapti.
Izoh (0)