Bu gal dizaynerlar qanday yangiliklar tayyorlashdi ekan? Bizning maqolamiz modalar namoyishining eng aktual trendlari haqida.
Oversize kiyimlar
Ko‘rinishdan, oversize uslubidagi kiyimlar uzoq vaqt modada qoladiganga o‘xshaydi.Katta hajmli va keng turadigan ustki kiyimlar sovuq kunlarda ko‘p qavatli qiyofa uchun mos keladi. Kuz faslida esa uni tugmalari ochilgan holda kiyish mumkin.
Qo‘y junidan qilingan kiyimlar
Dizaynerlar bundan keyin qo‘yning yumshoq va uzun junlaridan tayyorlangan shuba, yoqa, sharf yoki palto yenglariga e’tibor qaratishni maslahat berishmoqda.Qavilgan paltolar
Kelasi qishning sovuq kunlari uchun ko‘rpa kabi o‘ransa bo‘ladigan qavilgan paltolarni tanlashingiz mumkin. Bunday paltolarni oddiy shimlar yoki ko‘ylak va etiklar bilan birga kiyish mumkin.Yirik ziraklar
Dizaynerlar bunday katta ziraklarni shubalar, katta hajmli sviterlar va trikotaj ko‘ylaklar bilan taqishni maslahat berishadi.Wonderzine materiallari asosida
Izoh (0)