Ayniqsa ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘ri ovqatlanishlari juda muhim. Asosan immun, endokrin va hazm qilish tizimlari aynan shu davrda shakllanadi. Shuning uchun bolalar iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashga ongli ravishda yondashish lozim. Biz tayyorlagan kerakli oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati sizga yordam beradi degan umiddamiz.
1. Go‘sht
Go‘sht – oqsillarning eng yaxshi manbai hisoblanadi, ayniqsa buzoq go‘shti, kurka go‘shti va yog‘siz mol go‘shti.Shuningdek, bolalar shifokorlari yosh bolaga hazm qilish og‘irligi uchun sho‘rva berishni tavsiya qilishmaydi.
2. Baliq
Dengiz balig‘i tarkibi bosh miya rivojlanishi, immun tizimi va ko‘rish a’zolari uchun muhim bo‘lgan yarimto‘ydirilmagan yog‘ kislotasiga juda boy. Shuningdek unda temir, yod, ftor va B12 vitaminlari mavjud.
3. Tuxum
Tuxum tarkibida hayvon oqsillari, A, D, B2 vitaminlari juda ko‘p.
4. Sut mahsulotlari
Sut mahsulotlarida fosfor, kalsiy va kaliylarning ko‘plab tuzlari mavjud.
5. Sabzavotlar va mevalar
Sabzavotlar, ayniqsa yaproqli ko‘katlar, karam, sabzi va lavlagilarda ko‘p miqdorda foydali moddalar mavjud.
Izoh (0)