AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat yangi budjetini tuzishda Vashingtonning mudofaa uchun xarajatlarini 54 milliard dollarga ko‘paytiradi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz kamroq xarajatlar bilan ko‘proq narsalarni qilmoqchimiz”, — deya Reuters Amerika yetakchisining mudofaa va davlat xavfsizligi xarajatlarini ko‘paytirish rejalari haqidagi gaplaridan iqtibos keltirdi.
Tramp, shuningdek, AQSh infratuzilmasi modernizatsiyasi uchun sarf-xarajatlarni ko‘paytirishga va hozircha oshkor etilmayotgan, ustunlik darajasi pastroq bo‘lgan dasturlar uchun moliyaviy ko‘makni sezilarli tarzda kamaytirishga va’da berdi.
Izoh (0)