Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Sharantadagi nutqi vaqtida snayper kutilmagan otishma keltirib chiqardi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hodisa prezident Olland “Parij—Bordo” yo‘nalishi bo‘ylab tezyurar poyezdlar qatnovi ishga tushishi munosabati bilan nutq so‘zlayotgan vaqtda yuz bergan.
Europe1 radiostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, snayper o‘z joyini o‘zgartirayotgan vaqtda tepki bosilib ketgan. Oqibatda ikki kishi kichik jarohat olgan.
“Umid qilamanki, u yerda hech qanday dahshatli hodisa sodir bo‘lmadi”, — dedi Olland o‘q ovozi yangrashi bilan.
Hozirgi vaqtda politsiya hodisa sabablari va tafsilotlarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)