AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat Kongressi Vakillar palatasidagi demokratlar yetakchisi Nensi Pelozining da’volariga javoban, AQSh Demokratik partiyasi inqirozli holatda ekanini ta’kidladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bilasizmi, ma’lum ma’noda bu manzarani kuzatish men uchun qayg‘uli, chunki menga ikki partiyaviy tizim yoqadi, biz esa tez orada bir partiyaviy tizimga yetib kelamiz. Men, umuman olganda, ikki partiyaviy tizim sog‘lom va yaxshi, deb hisoblayman.AQSh prezidentining qayd etishicha, Demokratik partiya borgan sari “kichiklashib, kichiklashib bormoqda”.Donald Tramp, AQSh prezidenti
Avvalroq Pelozi, “norozilik va xavotir uchun sabablar borligi”ga qaramay, Trampning impichmenti uchun asoslar ko‘rmayotganini ma’lum qilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)