Shimoliy Koreya mamlakatda kimyoviy qurol borligiga asoslanib, uni BMTga a’zolikdan mahrum etishni yoqlab chiqqan Janubiy Koreya taklifini qat’iy qoraladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Shimoliy Koreya tomoni Janubiy Koreya tarafidan berilgan qabih, mas’uliyatsiz, qo‘rs va bemantiq bayonotlarni to‘liq rad etadi”, — dedi KXDR rasmiy vakili.
Uning qayd etishicha, KXDRda hech qachon kimyoviy qurollar ishlab chiqarilmagan, saqlanmagan va foydalanilmagan.
Avvalroq Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri KXDRni BMTdan chetlatish taklifini ilgari surgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)