Rossiya Qirg‘iziston budjetini barqarorlashtirishga ko‘mak berish maqsadida 225 million dollar miqdorida grant mablag‘larini ajratgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Rossiya budjetni barqarorlashtirish maqsadida Qirg‘izistonga ko‘mak ko‘rsatmoqda: tegishli grantlarning umumiy miqdori bugungi kunga kelib 225 million dollarga yetdi”, — dedi Putin.
Rossiya prezidentining aniqlik kiritishicha, uning mamlakati Qirg‘izistonga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga moslashish borasida ham moddiy yordam ko‘rsatmoqda.
“Qirg‘iziston tomoniga bojxona infratuzilmasi obyektlarini modernizatsiya qilish va chegara punktlarini takomillashtirish uchun 200 million dollarlik yordam ko‘rsatilgan”, — dedi u.
Putinning qayd etishicha, faoliyati davom etayotgan Rossiya va Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi sharofati bilan, respublikada umumiy qiymati 200 million dollardan ziyod bo‘lgan loyihalar amalga oshirilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)