Rossiya va Xitoy Suriya vakillariga nisbatan sanksiyalar joriy etishni nazarda tutuvchi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi qabul qilinishini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh diplomatlari tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiya Suriyada kimyoviy quroldan foydalanishga aloqador deb gumon qilinayotgan suriyaliklarga nisbatan sanksiyalar joriy etishni nazarda tutar edi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy Moskva Suriyaga nisbatan ortiq hech qanday yangi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilgan edi.
Putinning fikricha, hozir sanksiyalar — noo‘rin mavzu va bu muzokaralar jarayoniga xalal beradi, xolos.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)