Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimovni qabul qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Uchrashuv Istanbuldagi “Beylarbeyi” saroyida bo‘lib o‘tgan va matbuot uchun yopiq tartibda bir soatga yaqin davom etgan.
Xabar berishlaricha, uchrashuvda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Tug‘rul Turkesh, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi va milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik ishtirok etgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)