O‘zbekiston va Qozog‘iston shaharlari o‘rtasida yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar va Olmaota – Toshkent yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda 23-fevralda Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki yoqlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 16-yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tomoni Qozog‘iston tomonidan bildirilgan ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarning doimiy qatnovini ochish va Olmaota – Toshkent yo‘nalishida tezyurar poyezdlar qatnovini tashkil qilish haqidagi yangi taklifni qo‘llab-quvvatlaydi va uni diqqat bilan o‘rganib chiqishga tayyor.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)