O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Xo‘jayli tumanidagi 69-maktab o‘qituvchilari bilan muloqot o‘tkazgandi. “KRuz.uz” mazkur tashrifdan so‘ng maktabda qanday o‘zgarishlar amalga oshirilganiga aniqlik kiritdi.
Maktab direktori Tursungul Abdurahmonovaning ma’lum qilishicha, ushbu dargohda 604 nafar o‘quvchiga 63 nafar pedagog ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
Davlat rahbari tashrifidan so‘ng mavjud 12 ta qozonxonaning 5 tasi yangisiga almashtirilib, qolganlari qayta ta’mirlandi. Natijada barcha sinf xonalari isitildi.
Vodoprovod suvi keltirilib, yuvinish xonasi ishga tushirildi, oshxona faoliyati jonlandi. Maktab hovlisi obodonlashtirib, ariqlar qazildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xo‘jayli tumaniga Jengisbay Yembergenov hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)