O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish to‘g‘risidagi qarori aholi yashash sharoitlarini yaxshilashda yangi bosqichni boshlab berdi. Milliy matbuot markazida Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z bordi, deya xabar beradi O‘zA.
Har bir massivning bosh rejasida xizmat ko‘rsatish obyektlari, sport maydonchalari va muhandislik tarmoqlari, hovli qismida bolalar maydoni, uy egalari dam olishlari uchun sharoitlar e’tiborga olingan. Energiyani tejaydigan mahalliy materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada kengaytirilishi barpo etilayotgan uylarning tannarxi pasayishi hamda aholining barcha qatlami uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat qilmoqda.
Barcha uylarning seysmik jihatdan zilzilabardoshligi 7-8 ballga mo‘ljallangan. Buning uchun loyihalarda temirbeton bog‘lamalar, devorlar kesishish burchaklarini bo‘ylama va ko‘ndalang armokarkaslar bilan mustahkamlash kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan.Loyihalarda kanalizatsiya tizimi alohida chiqindixonaga ulanishiga e’tibor qaratilgan. Suv ta’minoti qiyin bo‘lgan hududlarda esa har bir xonadonga alohida qo‘shimcha zaruriy binolar quriladi.Asomiddin Tojiyev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
Qishloq joylarda arzon uy-joylarni qurishda talabgorlarni tanlab olish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalarni dastlabki tanlash bo‘yicha tizimning ochiqligi va ishonchliligi tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)