O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin vaqt ichida Qozog‘istonga davlat tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda 23-fevral kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki yoqlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 16-yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov ma’lum qildi.
Kutilayotgan tashrif yangi saylangan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng Qozog‘istonga amalga oshiradigan birinchi davlat tashrifi bo‘ladi. Davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichga chiqishiga zamin yaratadi. Bo‘lib o‘tgan yig‘ilish kutilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini berishi ta’kidlab o‘tildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)