KXDR hukumati Malayziyada vafot etgan Shimoliy Koreya fuqarosi jasadining ushbu mamlakatda yorib ko‘rilishi natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi va bunda KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi — Kim Chon Nam ism-sharifini tilga olmadi. Bu haqda Reuters KXDRning Malayziyadagi elchisining rasmiy bayonotiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Elchi hozircha e’lon qilinmagan yorib ko‘rish natijalarini u KXDR vakillari ishtirokisiz o‘tkazilgani haqidagi asos bilan rad etdi. Shu bilan bir vaqtda u Malayziya hukumatidan zudlik bilan marhumning jasadini Shimoliy Koreya vakillariga topshirishni talab qildi.
“Malayziya tomoni bizning ruxsatimizsiz va bevosita kuzatuvimizsiz jasadni yorib ko‘rgan, biz o‘z ishtirokimizsiz bir tomonlama tartibda o‘tkazilgan yorib ko‘rish natijalarini qat’iyan rad etamiz”, — dedi KXDRning Kuala-Lumpurdagi elchisi Kan Chol.
Eslatib o‘tamiz, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namning o‘limiga sirli pul jamg‘armalari bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘lgani taxminlardan biri sifatida ilgari surilmoqda.
Izoh (0)