AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya borasida olib borayotgan siyosatidan noroziligini bildirish uchun mamlakatning bir necha yirik shaharlarida minglab muhojir ishga chiqmadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy telekompaniyalarga ko‘ra, mamlakatda xodimlari asosan boshqa davlatlardan kelgan muhojirlar bo‘lgan o‘nlab do‘kon, restoran va qahvaxona ochilmadi.
“Muhojirlarsiz kun” deb nomlangan aksiya, jumladan, Los-Anjeles, San-Fransisko, Nyu-York, Filadelfiya, Atlanta, Chikago va Vashingtonda bo‘lib o‘tdi.
Uning tashkilotchilari bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatga xorijdan kelgan kishilar AQSh iqtisodiyotida qanchalik muhim o‘rin tutishini namoyish etishdan iborat ekanligini bildirmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)