The Heritage Foundation (AQSh) iqtisodiy erkinlik xalqaro reytingi ma’lumotlarini yangiladi. Uning natijalari bo‘yicha Qozog‘iston 42-o‘rinni egallab, Rossiya va Belarusni ortda qoldirdi, deya xabar beradi Kazakhstan Today.
Qozog‘iston 100 balldan (mamlakat iqtisodiy erkinligining maksimal reytingi) 69 ball to‘pladi va o‘tgan yilgi ko‘rsatkichni 5,4 punktga yaxshilashga erishdi. Hozirda mamlakat reytingda Yamayka va Peru bilan 42-o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Bir yil avval Qozog‘iston reytingda 69-o‘rinda qayd etilgandi. Yangilangan ro‘yxatda mamlakat Polsha, Ruminiya, Belgiya va Turkiya kabi davlatlardan o‘zib ketdi.
Ma’lumot uchun, xalqaro reyting tuzuvchilari mamlakat iqtisodiyotini mulk huquqi kafolatlari, korrupsiyadan himoya, budjet xarajatlarining samaradorligi va shaffofligi, savdo-sotiq erkinligi, mehnat bozorining moslashuvchanligi kabi 10 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholaydi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)