Qozog‘iston janubida yuz bergan ko‘chki oqibatida yetti harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana uch kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
“RIA Novosti”ning mamlakat Ichki ishlar vazirligi (IIV) Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi vakiliga asoslanib xabar berishicha, 20 dan ortiq odam ko‘chki ostida qolgan, ularning 7 nafari halok bo‘lgan, 10 nafari qutqarilgan.
Hodisa Jambul viloyatining Ko‘ksoy darasida yuz bergan. Mamlakat mudofaa vazirligi va IIV qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)