Rossiya aviatsiyasi Chelyabinsk viloyati va Qirg‘izistondagi aviabazalardan Tojikistonga ko‘chirib o‘tkazildi, deb yozadi “TASS” Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Yaroslav Roshchupkinga tayanib.
“Tezkor-taktik aviatsiya samolyotlari — Su-24M va Su-25SM samolyotlari Chelyabinsk viloyati va Qirg‘iziston Respublikasidagi aviabazalardan Dushanbe yaqinidagi Ayniy aeroportiga ko‘chirib o‘tkazildi, bu Rossiya harbiy bazasining 201-bo‘linmasi va Tojikiston harbiy kuchlarining rejali qo‘shma mashg‘ulotlarini ta’minlash uchun amalga oshirildi”, — dedi u.
Roshchupkin ma’lumotlariga ko‘ra, Su-25SM va Su-24M ekipajlari Sharqiy Pomir osmonida harbiy o‘quv mashqlarini bajarishga kirishgan.
Izoh (0)