BMT Afg‘oniston Oliy sudi binosi yaqinida yuz berib, kamida 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktni qoraladi, deb yozadi “TASS”. Jahon tashkiloti bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qilishicha, ushbu hujumni oqlab bo‘lmaydi, va uning aybdorlari o‘z xatti-harakatlari uchun jazo olishi kerak.
“Fuqaro shaxslar, shu jumladan, hukumatning sud organlari xodimlari halokatiga olib keluvchi bunday hujumlar xalqaro gumanitar huquqning buzilishi bo‘lib, ularni oqlab bo‘lmaydi. Portlash va boshqa shu kabi jirkanch xatti-harakatlar ortida turganlar odillik bilan sud qilinishi kerak”, — dedi Dyujarrik.
BMT Xavfsizlik kengashi matbuot uchun e’lon qilgan bayonotida teraktni “mudhish va razil” deb atadi hamda qurbonlar oilalariga hamdardlik izhor etdi.
Izoh (0)