Kishinyov xalqaro aeroportida bomba to‘g‘risidagi xabar tekshirilmoqda. Bu haqda Moldova chegara politsiyasi matbuot kotibi Raisa Novitski ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Xalqaro aeroportdagi chegara politsiyasi elektron pochta orqali noma’lum shaxsdan aeroport minalashtirilgani haqida maktub oldi. Ushbu xabar muallifi pul talab qilgan. Aeroport binosidan hamma evakuatsiya qilindi. Reyslar bekor qilinmoqda, yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish to‘xtatilgan.Hozirda aeroportda tekshiruv olib borilmoqda, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Huquq-tartibot idoralari bomba haqida xabar bergan shaxsni qidirmoqda.Raisa Novitski, Moldova chegara politsiyasi matbuot kotibi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)