Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o‘zining Norfolkdagi an’anaviy qishki ta’tilidan so‘ng Londonga qaytmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru” The Telegraph’ga tayanib.
A’lo hazratlarini mamlakat poytaxtiga boradigan poyezdga o‘tirayotgan vaqtida suratga tushirishdi. Monarx och yashil palto kiyib, bezakli oq ro‘mol o‘rab olgan edi.
Qirolicha Rojdestvo va Yangi yilni o‘tkazish uchun odatda Sandringem saroyiga boradi. 6-fevral, dushanba kuni Yelizaveta II qirolicha deb e’lon qilinganiga 65 yil to‘ldi, ammo o‘tgan yillardagi kabi a’lo hazratlari o‘zi taxtga o‘tirgan sanani omma bilan emas, balki Sandringemda o‘tkazdi.
Izoh (0)