Pxenyan “o‘z-o‘zini mudofaa qilish maqsadida yadroviy kuchlarini oshirishda davom etadi”. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga qaratilgan bunday ogohlantirish bilan KXDRning “Nodon sinmun” markaziy gazetasi chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashr fikricha, mudofaa, shu jumladan, yadro salohiyatini mustahkamlash orqali, KXDR “AQSh va uning qo‘g‘irchoqlarining gijgijlovchi xatti-harakatlariga barham berishi, Koreya yarim orolida tinchlikni ta’minlashi hamda Shimol va Janubning birlashishiga erishishi mumkin”. Gazeta ta’kidlashicha, “mislsiz qiyinchiliklarga qaramay, KXDR yadro quroliga egalik qiluvchi davlatga aylandi”. “Sanksiyalar, bosim yoki urush tahdidi bilan bizning mamlakatni qo‘rqitib bo‘lmaydi”, — deb yozdi “Nodon sinmun”.
“Mamlakat suvereniteti va obro‘sini ishonchli himoya qilish, Koreya yarim orolida va butun dunyoda xavfsizlikni ta’minlash uchun KXDR avvalgidek iqtisodiyotni va yadro kuchlarini parallel tarzda mustahkamlab borish yo‘lidan boradi”, — deya xulosa qildi gazeta.
Izoh (0)