Britaniya hukumat aloqalari markazi (Government Communications Headquarters, GCHQ) payti kelib raqamli texnologiyalar sohasida Rossiya kiberhujumlarini qaytarish imkonini beruvchi ish tajribasiga ega bo‘lgan agentlarning yangi avlodini yaratish maqsadida o‘smirlar uchun yozgi lagerlarni tashkil qiladi. Bu haqda The Telegraph gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, Hukumat aloqalari markazi butun mamlakat o‘smirlari uchun yashash sharoitlarini yaratgan holda tayyorlov kurslarini olib boradi. Bu kurslar 11 yoshli bolalar uchun ochiq bo‘lgan CyberFirst adventurers — bir kunlik hodisalarni ham o‘z ichiga oladi.
The Telegraph’ning ta’kidlashicha, bu kabi bolalar lagerlarini Kiberxavfsizlik milliy markazi (National Cyber Security Centre) tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2020-yilda ushbu sohadagi eng iqtidorli talabalar uchun minglab ish o‘rinlari va stipendiyalar shakllantiriladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)