• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    2017-yilda jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliqlar bo‘yicha qanday o‘zgarishlar kiritildi?

    O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-417-sonli (keyingi o‘rinlarda – Qonun) Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Abdullayevning qo‘mita saytiga joylangan maqolasida aytiladi.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliqlar bo‘yicha ham bir qator o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, Qonunning 3-bandi bilan Soliq kodeksining 59- va 61-moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, soliq qarzi to‘lov muddati o‘tgan paytdan bir yil mobaynida undirilmagan bo‘lsa, soliq qarzi bo‘yicha undiruvni mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lgan hollarda ham majburiy undirish choralari qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi.

    Shuningdek, ushbu Qonunning 16-bandi bilan Soliq kodeksining 291-moddasiga qo‘shimcha (“yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun” tarzida) kiritilganligi hamda ushbu Kodeksning 290-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmasligidan kelib chiqib, Soliq kodeksning 282-moddasi ikkinchi qismidagi yuridik shaxslar uchun belgilangan imtiyozlarning jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etilishi bekor qilindi.

    Bundan tashqari, mazkur Qonunning 26-bandiga asosan Soliq kodeksining 375-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, unga muvofiq, kasb-hunar kolleji bitiruvchisi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyatini tugatgan yoki uch va undan ko‘p oyga to‘xtatgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanishi belgilandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2699-sonli qarorining 19-ilovasiga asosan, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,7 foiz (2016 yilda 1,5 foiz bo‘lgan) miqdorida belgilandi.

    2017-yilda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha alohida stavkalar shaharlarda joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo‘lgan turar joy va kvartiralarga 1,8 foizdan 2,1 foizgacha, maydoni 500 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 2,5 dan 2,9 foizga oshirildi.

    Bundan tashqari, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari – 2,1 foiz (2016-yilda 1,8 foiz) miqdorida belgilandi.

    Shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq kadastr hujjatlaridagi inventarizatsiya qiymatidan, lekin 3 million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdordan kelib chiqib hisoblanadi.

    Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiymati bo‘lmaganda, soliqni undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20328,0 ming so‘m miqdorida, boshqa shaharlar va qishloq joylarda esa 8833,0 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilindi.

    Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga oluvchi organlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yangi qurilgan turar joylar bo‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning shartli qiymatidan kelib chiqib ikki baravar miqdorida undiriladi.

    Mazkur qarorning 14-ilovasiga muvofiq, Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari tasdiqlanib, unga ko‘ra dehqon xo‘jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar), shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar uchun 1 kub.metr yer usti suv manbalari uchun 85,4 so‘m va yer osti suv manbalari uchun 108,5 so‘m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashlari belgilandi.

    2017-yilda resurslardan oqilona va samarali foydalanish maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkasi 1,15 baravarga indeksatsiya qilindi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori 20-ilovasining 7- va 8-jadvallarida hamda ushbu ilovaga berilgan izohning 1- va 2-bandlarida keltirilgan stavkalarga yer uchastkalari joylashgan joyiga va yer sifatiga bog‘liq holda tegishliligi bo‘yicha koeffitsiyentlar qo‘llanilishi belgilangan.

    Ushbu koeffitsiyentlar yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ tomonidan tegishli davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi.Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga jismoniy shaxslarga yer solig‘i yer maydonini qavatlar soniga bo‘lgan holda hisoblab chiqarilishi belgilandi.

    Shuningdek, mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga indeksatsiya qilindi.

    03.02.2017, 08:05   Izoh (0)   65557
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Orient Finans” bankidan avtomobil yutib oling!

    03.02.2017, 08:00

    Shavkat Mirziyoyev pensiyalarni to‘liq, stipendiyalarning esa kamida yarmini naqd shaklda berish haqida qaror qabul qildi. Asosiy ma’lumotlar

    02.02.2017, 21:35

    Shavkat Mirziyoyev talabalarga stipendiyalarning kamida 50 foizini naqd shaklda topshirish haqida ko‘rsatma berdi

    02.02.2017, 21:18

    Shavkat Mirziyoyevning naqd pul haqidagi qarori, O‘zMTRK raisligidan ketgan Alisher Xodjayev, Damas’lar muammosi va kunning boshqa muhim xabarlari

    02.02.2017, 20:09

    O‘zbekistonda fevraldan boshlab barcha turdagi pensiyalar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq naqd shaklda beriladi

    02.02.2017, 19:34

    Sherzod Shermatov O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaradi

    02.02.2017, 18:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropaning beshta mamlakati o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

    Dunyo | 14 avgust, 19:45

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Rossiyada shifokorlar boshiga 12 santimetrli mix kirgan bemorni hayotini saqlab qolishdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:35

    Yakka tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:25

    “Afrosiyob” poyezdi relsiga beton tashlab, qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar uzoq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:12

    Ukraina dronlar bilan Rossiyaning Rostov va Belgorod shaharlariga zarbalar berdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:10

    Navoiyda ko‘chalarda drift qilgan “yo‘l polvoni” qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:00

    Anjelina Joli josus rolida: “Janob Smit va Smit xonim” rejissyori yangi film suratga oladi

    Kino | 14 avgust, 18:55

    Melaniya Tramp Baydenning o‘g‘lini sudga berishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.