O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni “O‘zbekiston” telekanali tomonidan o‘qib eshittirildi.
Qarorga muvofiq, 2017-yil fevral oyidan boshlab oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.
Avvalroq, Prezidentning shu qaroriga muvofiq, fevral oyidan boshlab barcha turdagi pensiyalar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda berilishi ma’lum qilingan edi.
Xabarlar to‘ldirilmoqda