AQSh prezidenti Donald Tramp immigratsiya to‘g‘risidagi farmonni ijro etishdan bosh tortgan mamlakat bosh prokurori va adliya vaziri vazifasini bajaruvchi Salli Yeytsni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda CNN’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Bosh prokuror vazifasini bajaruvchi Salli Yeyts adliya vazirligiga xiyonat qildi”, — deyiladi Oq uy xabarida.
Ta’kidlanishicha, AQSh adliya vazirligining yangi rahbari etib Virginiya shtatining Sharqiy okrugi bo‘yicha okrug prokurori Dana Boyente tayinlangan.
Izoh (0)