Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bugun, 31-yanvarda e’lon qilingan xalqqa murojaatida hukumatga “Raqamli Qozog‘iston” dasturini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini yukladi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Davlat rahbari fikricha, Qozog‘istonda raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali yaratiladigan yangi sanoatlarni o‘stirish zarur, bu “muhim kompleks vazifa” hisoblanadi.
Nazarboyev, shuningdek, hukumatga EKSPO-2017 obyektlaridan birining bazasida IT-startaplarning xalqaro texnoparkini yaratishni topshirdi.
“U butun dunyodan tadbirkorlar va investorlarni jalb qilish uchun mo‘ljallangan platformaga aylanishi kerak… Biz, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari, Nazarboyev universiteti va ‘Alatau’ erkin iqtisodiy zonasi bazasida ilmiy va innovatsion salohiyatimizni oshirishimiz kerak”, — dedi davlat rahbari.
Izoh (0)