Eron Donald Tramp AQSh prezidentligiga kirishganidan buyon birinchi marta o‘rtacha masofaga parvoz qiluvchi ballistik raketa sinovini o‘tkazdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Bu haqda Fox News amerikalik mansabdorlarga tayanib xabar berdi.
Sinov parvozi 29-yanvar kuni Tehrondan 225 km uzoqlikda Semnan shahri tashqarisida joylashgan mashhur sinov maydonida amalga oshirildi.
Raketa taxminan 966 km masofani bosib o‘tib, so‘ng portladi.
Nashr eslatishicha, 2015-yil iyulida qabul qilingan BMT rezolyutsiyasi Eronni bunday sinovlar o‘tkazmaslikka chaqiradi.
Izoh (0)