Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining virtual qabulxonasi ochildi. Bu haqda “Daryo”ga institut matbuot xizmati ma’lum qildi.
Virtual qabulxonada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinadi. Virtual qabulxonaga institutning rasmiy veb-sayti www.adti.uz orqali yoki rektor.adti.uz manzilga kirib, maxsus shaklni to‘ldirish orqali ariza, shikoyat va takliflarni qoldirish mumkin.
Izoh (0)